<?xml version="1.0" encoding="UTF-8"?><song><author>Timoʻtiy</author>
<title>Bagʻringga bos meni Rabbim</title>
<lyrics>[V1]
 Seni mamnun qilaman deb men qancha.
 Koʻp urindim bor kuchimga ishonib.
 Mukofotingga intildim olay deb.
 Sen beribsan eng buyugin men uchun.

[V2]
 Bu sevgingdir menga boʻlgan Rabbonim.
 Bormi Xudo Oʻgʻli boʻlishdan afzal?
 Yetaklayman oʻng qoʻlim bilan seni,
 Koʻz qorachigʻimday saqlayman deding.

[V3]
 Unutayin barcha qaygʻularimni.
 Rabbim meni bosgin qattiq bagʻringga.
 Sening buyuk sevging va issiq mehring.
 Malham boʻlar mening barcha dardimga.

[V4]
 Parchalangan yuraklarimning Rabbim.
 Hatto mayda parchasin ham sevasan.
 Meni qattiq bosgin bagʻringga Iso.
 Panohimsan, umidimsan, qalʼamsan</lyrics>
</song>